Sankt-Peterburgdagi “KB Smirnova” restavratsiya kompaniyasi o‘zining YouTube’dagi kanalida modifikatsiyaga uchragan “Volga” avtomobillarining noyob kolleksiyasi tasvirlangan videorolik bilan bo‘lishdi.

Kolleksiyadan o‘rin olgan birinchi avtomobil — 5,5 metrli limuzin “Avtosoyuz” kompaniyasining 1995-yilda ishlab chiqarilgan “GAZ-3102” bazasida yaratilgan. Salon ichidan haqiqiy limuzinlardagi kabi ajratuvchi to‘siq, muzlatgich, televizor va videomagnitofon o‘rin olgan. Bu turdagi avtomobillardan ikki nusxa yaratilgani ma’lum.

Foto: Carakoom

Yana bir limuzin — 1995-yilda “NAMI” Avtomobil va avtomotor markaziy ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan yaratilgan “Volga-Kortej” bo‘lib, unga “GAZ-31029” asos bo‘lib xizmat qilgan. U yagona nusxada ishlab chiqarilgan.

Foto: Carakoom

Nijegorodning “RIDA” kompaniyasi tomonidan yaratilgan “GAZ-3102” originalidan 300 millimetrga uzunroq bo‘lib, zirhlangan kuzovga ega. Mashinaga rul uchun gidrokuchaytirgich va konditsioner o‘rnatilgan. Salon ichida po‘lat zirhli korpus joylashgan (qalinligi 4,2 millimetr, tom qismida esa 2,1 millimetr) va 27,5 millimetr qalinlikka ega zirhli oyna o‘rnatilgan.

Foto: Carakoom

Kolleksiyadan o‘rin olgan to‘rtinchi avtomobil “GAZ-311055” sedani bo‘lib, o‘t o‘chiruvchilar mashinasi rangida ishlangan. O‘zidan oldingi variantlardan farqli o‘laroq, model to‘liq “KB GAZ” tomonidan yaratilgan. Avtomobil “GAZ-31105” bazasida yaratilgan bo‘lib, kuzovi 300 millimetrga uzaytirilgan.

Foto: Carakoom