Bu yilgi yozda yog‘ochdan ishlangan yoki shunday ko‘rinishga bo‘lgan poyabzal hamda aksessuarlar: sumka, bilaguzuk, hamyon, zirak va boshqa taqinchoqlar trendda bo‘ladi. Dizaynerlar allaqachon mazkur tendensiyani inobatga olib, hech bo‘lmaganda detallari yog‘ochdan ishlangan kolleksiyalarni taqdim qilmoqda.

Foto: Vogue

Bunga Alexander McQueen tomonidan taqdim qilingan poshnasi daraxt yog‘ochidan ishlangandek tasavvur beradigan poyabzali, Bottega Vega’ning shokoladni eslatuvchi charmdan ishlanib, yog‘och detal bilan bezalgan klatchi, Chanel va Masion Margiela’ning yozgi oyoq kiyimlari yaqqol misol bo‘la oladi.

Yanada yaxshiroq tasavvur paydo bo‘lishi uchun Vogue yog‘ochdan ishlangan aksessuar va poyabzallar suratini taqdim qiladi.

Foto: Vogue

Foto: Vogue

Foto: Vogue

Foto: Vogue

Foto: Vogue

Foto: Vogue

Foto: Vogue

Foto: Vogue

Foto: Vogue