Alisher Usmonov Hayit bayrami arafasida Zangiota tumanidagi 1004 ta oilaga 2 milliard 510 million so‘mlik moddiy yordam ajratdi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tadbir davomida tumandagi 1 004 ta xonadon yo‘qlangan. Shuningdek, yakka-yolg‘iz, boquvchisini yo‘qotgan, nogironlari bor oilalar tanlab olingan.

Avvalroq Alisher Usmonov Andijonda mingta oilaga 2,5 million so‘mdan, Namanganda 5 ming oilaga 12,5 milliard so‘mlik moliyaviy ko‘mak bergani ma’lum qilingandi.

Shuningdek, Alisher Usmonov Sardobadagi toshqindan jabr ko‘rgan sirdaryoliklarga 10 million dollar ajratgan bo‘lib, bu pullar Ramazon hayitigacha tarqatiladi.