Biz filmlarda ko‘rib hashamatidan hayratlanadigan uylar aktyorlar uchun begona emas. Buni “Pravda.ru” taqdim qilgan ma’lumotlardan bilish qiyin emas.

Kristen Styuart

Foto: “Pravda.ru”

Aktrisa Los-Anjelesdagi maydoni 312 kvadrat metr bo‘lgan uyda istiqomat qiladi. Uy 4 ta yotoqxona, 4 ta yuvinish xonasi hamda hovuzni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, veranda va ishlash uchun mo‘ljallangan kichik ish xonasini uchratish mumkin.

Jastin Biber

Foto: “Pravda.ru”

Xonandaning 6,5 million dollarga baholangan uyida 6 ta yotoqxona, 7 ta yuvinish xonasi va hovuz bor. Bundan tashqari, uy piknik uyushtirish va barbekyu pishirish mumkin bo‘lgan qo‘shimcha maydonga ega.

Jennifer Lopes

Foto: “Pravda.ru”

Qo‘shiqchi turar joyi qasrni esga soladi. 10 million dollarga baholanganidan keyin uni qasr deb atasa ham yanglish bo‘lmasa kerak. Jenniferning 890 kvadrat metrlik uyi hashamatli sauna, 8 ta yotoqxona va 7 ta yuvinish xonasidan iborat.

Britni Spirs

Foto: “Pravda.ru”

Britnining 2000 kvadrat metrni egallagan uyi 20 million dollarga baholangan. 10 ta yotoqxona, 30 ta yuvinish xonasi va boshqa xonalar dekoratsiyasi taniqli dizayner tomonidan bezatilgan. Uy hududida o‘ziga xos uslubda qurilgan hovuz, dekorativ g‘or va sharsharani ko‘rish mumkin.

Jennifer Eniston

Foto: “Pravda.ru”

Beverli-Hillzda joylashgan 35 million dollarlik uyda yashagan aktrisa Gollivudga yaqin bo‘lishni istagan chog‘i. U ayni vaqtda Los-Anjelesdagi 19,5 million dollarlik uyda istiqomat qiladi.

Leonardo Di Kaprio

Foto: “Pravda.ru”

Gollivud yulduzi Di Kaprio Los-Anjelesning eng oldi tumanlaridan biri bo‘lgan Malibuda joylashgan 18,9 millionlik uyida umrguzaronlik qiladi. Leoning bundan boshqa uylari ham yo‘q emas.

Harrison Ford

Foto: “Pravda.ru”

Aktyor 16 millionga baholangan, 11 ta xonani o‘z ichiga olgan kvartirada istiqomat qiladi. Bu hali hammasi emas, kvartiraning shaxsiy lifti, sport zali va uy tomida joylashgan terrasasi bor.