Twitter’dagi Xleaks7 nikli insayder CAD-chizmalari asosida yaratilgan yangi Galaxy Note20’ning suratlari bilan bo‘lishdi. Qurilma konstruksiyasi jihatidan oddiy Galaxy S20’ga o‘xshaydi.

Foto: Twitter / Xleaks7

Galaxy Note20 ham kameralari burchakda joylashgan dizaynga ega bo‘ladi — faqat bo‘rtib chiqadigan model biroz massivlashgan. Bazaviy flagman frontal kamera teshigiga ega yupqa displey bilan jihozlanadi, yon tomonlarga egilgan ekran esa Note20+ versiyasida, xuddi 2019-yilgi lineykadagi kabi bo‘ladi.

Foto: Twitter / Xleaks7

Galaxy Note20’ning eski modellardan yagona farqi — S Pen stilusi chap tarafda joylashganida.

Foto: Twitter / Xleaks7

Galaxy Note20 haqida hozircha batafsil ma’lumotlar yo‘q. Taxminlarga ko‘ra, qurilmaga Snapdragon 865 / Exynos 990 protsessori o‘rnatiladi, kameralari va displeyi biroz yaxshilanadi. Umuman olganda bu stilusga ega yaxshilangan Galaxy S20 flagmani bo‘lib, biroz qimmatroq narxda sotuvga chiqadi. Agarda kompaniya o‘z an’analarini o‘zgartirmasa, taqdimot avgust oyida bo‘lib o‘tadi.