Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 3-turida “Seul” 22-may, juma kuni “Pohang Stilers” mehmoni bo‘ldi.

Foto: “Seul”

Uchrashuvning 5-daqiqasida maydon egalarining germaniyalik legioneri Stanislav Ilyuchenko hisobni ochgan bo‘lsa, bunga mehmonlar birinchi bo‘limda Hvan Hyon Suning kiritgan to‘pi bilan javob qaytardi. 73-daqiqada Osmar Barba darvoza tomon aniq zarba yo‘llagan holda seulliklarga g‘alaba olib keldi.

Mazkur bahsda o‘zbekistonlik futbolchi Ikrom Aliboyev ishtirok etmadi. Aliboyev “Seul”ning o‘tgan o‘yinida ham qatnashmagandi.

Shu tariqa “Seul” mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritgan holda, olti ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarildi. “Pohang Stilers” esa mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni tan oldi.

Key-Liga

3-tur bahsi

22-may, shanba

“Pohang Stilers” — “Seul” 1:2

Gollar: 1:0 — Ilyuchenko, 1:1 — 35 Hvan Hyon Su, 1:2 — 73 Barba.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!