AQShda xuddi taksi kabi mijozlarning oldiga o‘zi borishi mumkin bo‘lgan samokatlarni ijaraga berish boshlandi, deb yozadi The Verge.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Ko‘plab yirik shaharlar elektrosamokatlar ijarasiga o‘rganib qolgan. Yaqin atrofda turgan samokatni ijaraga olish, uning yordamida kerakli manzilga yetib borib, boshqa bir mijoz undan foydalanguniga qadar tashlab ketish mumkin. Amerikaning Go X servisi samokatlar ijrasini yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydi.

Mazkur servis taksi prinsipida ishlaydi — mobil ilovani ochish va buyurtmani rasmiylashtirish kerak, shunda samokatning o‘zi masofadan turib boshqarilish hisobiga mijozning oldiga keladi. Samokatlar 3 ming kilometr uzoqlikda — Mexikodagi ofisda o‘tirgan maxsus xodimlar boshqaradi.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Operatorlar masofadan turib kamera va datchiklar o‘rnatilgan elektrosamokatlarni internet orqali boshqaradi — bunda oddiy Xbox o‘yin konsolidagi geympaddan foydalaniladi. Samokat chidamli bo‘lishi uchun unga qo‘shimcha g‘ildirak o‘rnatilgan.

Tajriba doirasida Go X servisi hozirda 100 ta elektrosamokatni Atlanta shahri yaqinida joylashgan Peachtree Corners biznes-bog‘ida masofadan boshqarmoqda.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Kelajakda bu turdagi elektrosamokatlarni to‘liq avtonom qilish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, bu samokatlarni yig‘ib, quvvatlantirish bilan bog‘liq muammoni ham hal qiladi. Avtomatik boshqariluvchi samokatlarning quvvatlanish va ta’mir uchun o‘zi stansiyaga kela oladi.