Britaniyaning McLaren kompaniyasi 600LT Spider rodsterining final seriyasini taqdim etdi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Foto: McLaren

Avtomobil Kanada va AQSh bozorlariga mo‘ljallangan. Bunday avtomobilni yaratishga muhandislarni Segestria Florentina zaharli o‘rgimchagi ilhomlantirgan. 600LT Spider hammasi bo‘lib 12 ta nusxada ishlab chiqariladi.

Rodsterning to‘liq nomi — McLaren 600LT Spider Segestria Borealis by MSO. Qora rangli rodster binafsha va qizil rangli bezaklarga ega.

McLaren 600LT Spider’ning g‘ildiraklari silliqlangan alyuminiydan ishlangan. Qanotning pastki qismida o‘rgimchak tasviri mavjud. Superkar saloni 12 dinamikali Bowers & Wilkins audiotizimi bilan jihozlangan. Bundan tashqari, salonda orqani ko‘rsatuvchi kamera va treklar telemetriyasi mavjud.

Rodsterning tezligi soatiga 100 kilometrga yetishi uchun 2,9 soniya kifoya.

Qayd qilinishicha, McLaren 600LT Spider Segestria Borealis by MSO’ning narxi taxminan 275,5 ming dollar atrofida bo‘ladi.