22-may kuni Namangan viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan 9 nafar, Andijon viloyatida 4, Samarqand viloyatida 16, jami 29 nafar bemor tuzaldi va reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Shunday qilib Namangan viloyatida COVID-19’dan tuzalganlar soni 233, Andijon viloyatida 167, Samarqand viloyatida esa 218 nafarga yetdi.

Bundan avval Namangan viloyatida 5 kishi, Samarqand viloyatida 24 kishi, Buxoroda 2 kishi, Toshkentda 25 kishi koronavirusdan tuzalgani xabar berilgandi. Buxoro viloyati koronavirusdan xoli hududga aylandi.

Ayni paytda O‘zbekiston bo‘ylab koronavirusdan butunlay sog‘ayganlar soni 2492 nafarga yetdi.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 22-may soat 16:30 holatiga ko‘ra 3028 kishini tashkil qilmoqda. Mamlakatda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat aniqlanganidan beri 13 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.