Qonni ko‘paytirish, immunitetni ko‘tarish xususiyatiga ega bo‘lgan jigar qo‘shib tayyorlanadigan mazkur taom mazali va foydaliligi bilan oila a’zolaringizga yoqishi aniq.

Foto: Freepik

Taom uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • jigar go‘shti — 600 gr;
  • tuxum — 1 dona;
  • sarimsoq piyoz;
  • piyoz — 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i;
  • ta’bga ko‘ra, tuz, murch, ichimlik sodasi, quritilgan rayhon;
  • pomidor 3 dona;
  • kartoshka;
  • bulg‘ori qalampiri 2 dona;
  • un.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Jigarni yirik shaklda to‘g‘rang.
  • Idishga tuxum, tuz, shakar, soda va sarimsoq piyozni qo‘shib aralashtiring.
  • Aralashmaga jigarni aralashtirib, biroz vaqt muzlatkichga qo‘ying.
  • Qizigan o‘simlik yog‘ida yarim dumaloq shaklida to‘g‘ralgan piyozlarni qovuring, keyin alohida idishga soling.
  • Jigar bo‘laklarini unga botirib qovurib oling.
  • Qovurilgan jigar go‘shti ustiga piyoz solib dimlang.
  • Kartoshkani ikkiga bo‘ling, yog‘ surting, tuz, murch va quritilgan rayhon seping, 180 daraja qizigan pechda 40 daqiqa davomida pishirib oling.
  • Pomidor, bulg‘ori qalampiri, sarimsoq piyozdan qayla tayyorlang.
  • Likopchaga kartoshka va jigarni soling va ustidan qayla quying.

Taom tayyor yoqimli ishtaha!

“Daryo”dagi boshqa retseptlardan ham foydalaning.