Sirdaryo viloyatining toshqindan zarar ko‘rgan Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi bir qator jiddiy zarar ko‘rgan mahallalarda amalga oshirilayotgan amaliy ishlar natijasida elektr energiyasida vujudga kelgan uzilishlar tiklanmoqda. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matubot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matubot xizmati

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi tashabbusi bilan texnogen ofatni tez kunlarda bartaraf etish hamda zarar ko‘rgan aholi yashash xonadonlari hamda yangi qurilayotgan yashash uylarini elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida respublikaning barcha elektr tarmoqlari korxonalarining malakali ishchi-xodimlari hamda zarur texnika va vositalar bilan Sirdaryoga yetib kelgan. Ish faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish maqsadida hasharchilar viloyatning toshqindan zarar ko‘rgan hududlariga taqsimlab chiqilgan.

Foto: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matubot xizmati

Ayni paytda hududdagi tiklash ishlarida 60 ta ta’mirlash brigadasidan 400 ga yaqin malakali soha xodimlari, 40 ta maxsus va 60 ta xizmat avtomashinasi jalb qilinib, hozirgacha 3 ta nimstansiya, 100 ta transformator punkti va 316,59 kilometr elektr uzatish tarmoqlari, 5756 ta elektr ustuni o‘rnatish ishlari yakunlangan.

“Suv toshqini natijasida talafot ko‘rgan 12 ta aholi punktining barchasi to‘liq barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlandi. Elektr tarmoqlarini tiklash va ta’mirlash ishlari davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Sardoba suv omboridagi suv toshqinidan so‘ng uning atrofida joylashgan aholi punktlaridan 70 mingga yaqin fuqaro Sirdaryo viloyatining boshqa hamda Jizzax viloyati hududlariga evakuatsiya qilingan (xavf bartaraf bo‘lgani bois, aholi asta-sekin uylariga qaytmoqda); hodisa oqibatida kamida 56 kishi turli darajada tan jarohati olgan, toshqin zonasida qolib ketgan yuzlab odamlar qutqarilgan.

Viloyatda falokat oqibatida zarar yetgan elektr energiyasi ta’minotini ta’mirlash ishlari 4-may kuni boshlangan edi. 8-mayga borib 10 mingdan ortiq xonadonning elektr ta’minoti tiklangandi.