Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-may, juma kuni Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi ko‘p qavatli uylar qurilishini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Andijon viloyati aholisi mamlakatimiz nufusining 10 foizini, hududi esa 1 foizini tashkil etadi. Shu bois shahar yaqinidagi adir joylarda ko‘p qavatli uylar qurish, shu orqali aholining tobora o‘sib borayotgan talabini qondirish choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, Xo‘jaobod tumanining Ittifoq massivida 35 ta uy qurilmoqda. Ular Andijon shahri, Andijon, Xo‘jaobod, Buloqboshi va Jalaquduq tumanlaridagi uy-joyga muhtoj oilalarga berilishi ko‘zda tutilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shuningdek, bu yerda maktab, tikuvchilik sexi, sport kompleksi bunyod etilmoqda.

Davlat rahbari qurilish ishlaridagi kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tdi. Bunday joylarda uylar bunyod etish mamlakatda yangi tajriba ekanini, ularni xalqaro standartlar asosida pishiq, sifatli qurish zarurligini ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Loyihani takomillashtirish, aholiga qulay transport yo‘nalishlari tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga safari yakuniga yetdi.