UNESCO va Xalqaro muzeylar kengashi tadqiqotlariga ko‘ra, hozirgi kunda jahon muzeylarining 90 foizi yopiq, biroq cheklovlar olib tashlanganidan so‘ng ham ularning hammasi ochilmasligi mumkin. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, muzeylarning 13 foizi butunlay yopilishi mumkin.

Foto: Pixabay

Hozir aksariyat muzeylar onlayn-kontent taklif etmoqda, biroq buning hamma hududda ham imkoni yo‘q: Masalan, Afrikada faqat 5 foiz muzeylar raqamli formatga o‘tgan.

UNESCO jamoatchilikni madaniy muassasalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga chorladi. “Muzeylar jamiyat barqarorligida muhim rol o‘ynaydi. Biz ularga ushbu inqirozni yengishga yordam berishimiz kerak. Yuzaga kelgan vaziyat bizga insoniyatning yarmi raqamli texnologiyalardan foydalanish imkonidan mosuvo ekanligini anglashimizga yordam berdi. Biz hammaning madaniyatdan bahra olishiga sharoit yaratishimiz kerak, ayniqsa chekka hududlarda yashovchi aholiga ko‘maklashishimiz kerak”, — deydi UNESCO bosh direktori Odri Azulay.