AQShning Janubiy Karolina shtatida yashovchi Noks Bryuer baliq ovlayotganida qo‘shnisining yo‘qolganiga ancha bo‘lgan seyfini topib berdi, deb yozadi Washington Post.

Foto: Washington Post

Qayd etilishicha, endilikda bolakay tergov olib borish uchun politsiyachi bo‘lmoqchi.

6 yoshli Noks YouTube’da qarmoq o‘rnida ishlatiladigan kuchli neodimli magnit bilan baliq ovlash jarayonini tomosha qilib, bu jarayonga qiziqib qoldi. Ota-ona bolaning qiziqishini qo‘llab-quvvatladi.

“Biz sevimli mashg‘uloti unga karantinni oson o‘tkazishga ko‘maklashadi, deb o‘yladik”, — deydi Noksning onasi.

Bolakay onalar kunida baliq ovlashning yangicha usulini qo‘llab ko‘rishga qaror qildi va ko‘lga yo‘l oldi. Noks baliq ovlashga shaylanishi bilan magnit qandaydir predmetni tutib oldi. O‘tkinchi erkak bolaga uni suvdan olib chiqishga ko‘maklashdi.

Foto: Washington Post

Noks tutgan o‘lja metall seyf bo‘lib chiqdi. Bola va uning ota-onasi seyfni darhol politsiyaga topshirdi.

Seyfda chek daftarchasi, hujjatlar va qimmatbaho zargarlik buyumlari bor edi. Huquq-tartibot organlari xodimlari bularning barchasi Noksning qo‘shnisiga tegishli ekanligini aniqladi. Seyf sakkiz yil avval yo‘qolgan edi.

“Kelajakda Noks politsiyachi bo‘lishni rejalashtirmoqda, shuning uchun u savol berish, hodisalar mohiyatini tushunish, voqealar tagiga yetish jarayonlariga qiziqadi”, — deydi Noksning otasi.