Give me Sport portali Yevropa Chempionlar Ligasining 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasidagi eng yaxshi to‘purarlari reytingini tuzib chiqdi.

Foto: Getty Images

Ro‘yxatni “Barselona” hujumchisi Lionel Messi boshqarmoqda. Argentinalik futbolchi 23 yoshgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida musobaqada 25 ta gol urishga erishgan. Ikkinchi o‘rindan 22 ta gol bilan “Real” sobiq hujumchisi Raul joy olgan. Kuchli uchlikni PSJ hujumchisi Kilian Mbappe yakunlab bergan. Hozir u 21 yoshda va shu vaqtga qadar 19 gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Kuchli beshlikdan “Real” forvardi Karim Benzema (17 gol) va “Yuventus” sobiq hujumchisi Alessandro del Pyero (16) o‘rin olgan. Krishtianu Ronaldu esa top-10 talikka kira olmagan. Musobaqa tarixidagi eng yaxshi to‘purar 23 yoshga qadar 8 ta gol urishga erishgan.

Kuchli o‘nlik quyidagicha ko‘rinish oldi:

  1. Lionel Messi — 25 gol
  2. Raul — 22 gol
  3. Kilian Mbappe — 19 gol
  4. Karim Benzema — 17 gol
  5. Alessandro del Pyero — 16 gol
  6. Andrey Shevchenko — 16 gol
  7. Xavyer Saviola — 15 gol
  8. Gabriel Jezus — 13 gol
  9. Ueyn Runi — 13 gol
  10. Sesk Fabregas, Erling Holand, Patrik Klyuyvert — barchasi 10 tadan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!