O‘zbekistonda 23-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 42 kishiga ko‘payib, 3078 nafarni tashkil qilmoqda.

“Yangi kasallanish holatlarining barchasi chet eldan kelgan fuqarolarda aniqlangan”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotida.

Jumladan, 38 nafar Sankt-Peterburgdan charter reys bilan, 2 nafar Tojikistondan kelgan va karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolarda hamda 2 nafar Qozog‘iston orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida infeksiya qayd etilgan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 2492 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan. Hozirda 573 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir.