Samsung kompaniyasi uy devori yoki hovli shiyponiga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan Terrace TV lineykasini taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Mazkur televizor korpusi maxsus IP55 standarti bilan himoyalangan — unga kuchli yog‘ingarchilik va changli shamollar ham qo‘rqinchli emas. Televizor qo‘shimcha himoyasi sabab uy ichiga mo‘ljallangan panellardan ancha qalin va salmoqli ko‘rinadi.

Terrace TV televizorlari uchta diagonalda taqdim etiladi — 55, 65 va 75 dyuymli. Ular maksimal yorug‘lik — 2000 ntga teng QLED matritsa bilan jihozlangan. Bu esa ekrandagi tasvir quyoshli kunda ham ko‘rinishini ta’minlaydi. Qolgan jihatlari bilan u zamonaviy Smart TV televizorlaridan farq qilmaydi, internetni, 4K sifatni, HDR va boshqa zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Samsung televizorga qo‘shimcha ravishda ochiq makonda ishlashga mo‘ljallangan va IP55 standarti bilan himoyalangan ko‘cha saundbarlari lineykasini ham namoyish etdi.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

75 dyuymli Samsung Terrace TV narxi 6499 dollarni tashkil etadi. Uning qimmatligi rekord darajadagi yorug‘ matritsa va suvdan himoya korpusiga ega ekanligi bilan izohlangan.