Toshkent shahri Yashnobod tumanida 23-may, shanba kuni odam o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Foto: YHXBB

Hodisa soat 14:00 larda Qorasuv 31-uy qarshisida yuz bergan. 1975-yilda tug‘ilgan B.Y. boshqaruvidagi Lacetti 1995-yilda tug‘ilgan S.A. boshqaruvidagi Nexia-3 hamda 1947-yilda tug‘ilgan B.M. boshqaruvidagi Matiz transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Foto: YHXBB

Oqibatda Matiz haydovchisi B.M. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Foto: YHXBB

Mazkur YTH yuzasidan Yashnobod tumani IIO va FMB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 18-may kuni Jizzax shahrida 4 mashina ishtirokida yuz bergan YTH oqibatida haydovchilardan biri shifoxonaga yotqizilgandi.