Yog‘och bo‘lagidan Toyota Land Cruiser Prado’ning nusxasi yaratildi. Avtomobilning eshiklari va yukxonasi ochiladi, g‘ildiraklari aylanadi. Bundan tashqari, u haqiqiy yo‘l sinovidan o‘tgan.

Kadr: YouTube

Avtomobil nusxasi yaxlit yog‘ochdan ishlangan. Usta yog‘ochdan dastlab kuzovni qirqib olgan, eshik detallarini, yukxona va kapot ostidagi joylarni alohida o‘yib chiqqan.

Avtomobilda haqiqiy modeldagi kabi barcha qismlar bor, yukxona va eshiklari ochiladi, kapot ostida olti silindrli motor joylashgan.

Barcha ishlar yakunlangach, duradgor avtomobilni lak bilan bo‘yagan va uni ko‘chada testdan o‘tkazgan. Yog‘och Land Cruiser Prado notekis yuzani bosib o‘tib, hatto burilishga ham muvaffaq bo‘lgan.