Artel kompaniyasi sizni muborak Ramazon hayiti bilan chin dildan

qutlaydi. Sizga uzoq umr, sog‘lik-salomatlik, oilangizga baxt-saodat, tinchlik-osoyishtalik tilaydi. Barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshib, duolaringiz qabul bo‘lishini tilab qoladi.

Ezgulik va insonparvarlik, mehr-oqibat – har qanday barkamol jamiyatning ajralmas qismi. Bu yilning birinchi yarmi o‘zining qiyinchiliklariga qaramay, yurtimiz aholisining haqiqiy insoniy fazilatlarini yaqqol namoyish etdi. Bu fazilatlar: fidokorlik, odamparvarlik, o‘z kasbiga sodiqlik, hamda ona Vatanga bo‘lgan chuqur muhabbat tuyg‘usi. Hurmatli shifokorlarimizning xalqimiz sog‘lig‘ini saqlash yo‘lida amalga oshirayotgan mehnati, Vatanimiz himoyachilari yurtimizda tinchlikni saqlash uchun amalga oshirayotgan ulkan mehnatini ko‘rib qalbimizda minnatdorchilik, g‘urur hissiyotlari paydo bo‘ladi. Minglab yurtdoshlarimiz: shifokorlar, sotuvchilar, militsionerlar, yetkazib berish xodimlari kabi kasb egalari ushbu qiyin vaziyatni yengillashtirish uchun bor kuchlarini tashlashdi. Minglab fuqarolarimiz qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshlariga beg‘araz yordam berdi. Joriy yilning birinchi yarim yilligi O‘zbekiston fuqarolari o‘z yurtdoshlariga hatto hayotini xatarga qo‘yib bo‘lsa-da, yordam berishga tayyorligini yaqqol ko‘rsatdi.

Qadrli yurtdoshlar, Artel kompaniyasi shu odamparvarlik va mehr-oqibat tuyg‘ulari qalbingizni hech qachon tark etmasligini tilaydi. Baxt-saodat, shodlik-quvonch sizga doimo hamroh bo‘lsin, yurtimiz doimo tinch, xalqimiz omon bo‘lsin. Ramazon hayiti muborak!

Reklama huquqi asosida.