Dream City Development kompaniyasi muqaddas Ramazon hayiti bayrami bilan tabriklaydi. Bir necha asrlardan beri mazkur bayram va undan avvalgi ro‘za tutmoqlik — ruhiyatning chidamlilik sinovi, muruvvat, ezgulik, umuminsoniy qadriyatlarning mustahkamlashga yetaklagan. Doimgidan farqli holda, ayni shu yil, murakkab davr jahon pandemiyasi hamda Sirdaryodagi falokat paytida yurtdoshlarimiz qalbidagi hamjihatlik, saxovat, bag‘rikenglik tuyg‘ulari yuzaga chiqdi. Ko‘p millatli xalqimiz barcha sinovlardan sharaf, o‘zaro tushunib birdamlikda va mas’uliyat bilan o‘tayotgani samimiy tahsinga loyiqdir. Dream City Development kompaniyasi barcha yurtdoshlarimizni Ramazon hayiti bayrami bilan muborakbod etadi hamda har bir oilaga mustahkam poydevorga ega baxt, hamjihatlik va farovonlik tilaydi.

Biz yelkama yelka turib, birlikda va to‘liq ishonch bilan mamlakat ravnaqiga hissa qo‘shamiz va barcha qiyinchilik, mashaqqatlarni birga yengamiz. Mazkur ayyom xotirjamlik, muhabbat, o‘zaro tushunish, sihat-salomatlik va farovonlik kayfiyatida o‘tsin. Kelajak avlodlar uchun namuna bo‘ladigan xayrli va ezgu ishlarga intilish hech kimning qalbida hech qachon so‘nmasin.

Reklama huquqi asosida.