Model Jiji Hadidning farzand kutayotgani haqida mish-mishlar aprel oxirida tarqala boshlagandi. Mish-mishlar haqiqat ekani esa modelning The Tonight Show uchun bergan intervyusida o‘z tasdig‘ini topdi. Unda Hadid, xonanda Zeyn Malik bilan haqiqatan ham farzand kutayotganlarini bildirgan. Qolgan detallar, xususan, fevral oyida bo‘lib o‘tgan moda chiqishlarida homila bir necha oylik bo‘lgani haqidagi ma’lumotlarni Jiji Instagram’da ma’lum qilgan.

Foto: Vogue

Vogue nashrining ta’kidlashicha, qishki mavsumda model Nyu-York, London, Milan, Parij va Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan 14 ta shouda ishtirok etgan.

Marc JacobsTom FordProenza SchoulerBurberryVersaceMoschinoPradaFendiMissoniOffWhiteLanvinChloéIsabel Marant va Miu Miu brendlari nomidan chiqish qilgan Jijining, homiladorligi hech kimning hayoliga ham kelmagan. Bunga model faoliyat jadvali va qomatida o‘zgarish bo‘lmagani sabab bo‘lgan.

Chiqishlar davomida darhaqiqat o‘zgarish sezilmaganini quyidagi fotolardan ham bilish mumkin.

Foto: Vogue

Foto: Vogue

Foto: Vogue

Foto: Vogue

Foto: Vogue

Foto: Vogue

Foto: Vogue

Foto: Vogue

Foto: Vogue

Foto: Vogue