Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida 60 tonna pilla yetishtirilib, tuman fermer va kasanachilari viloyatda pilla rejasini birinchi bajardi. Bu haqda “Daryo”ga tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Mirishkor tuman hokimligi

Ta’kidlanishicha, viloyat hokimi Zoir Mirzayev 23-may kuni Mirishkor tumanida bo‘lib, 61 nafar fermer va kasanachini muvaffaqiyat bilan tabriklagan. Sovg‘a-salom ulashgan.

Foto: Mirishkor tuman hokimligi

“ Ushbu mavsumda kasanachi va fermerlar jami 976 ta zvenoda 1090 quti ipak qurti boqdi. Quvonarlisi, tumanda pilla parvarishlashga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshdi. Joriy yilgi mavsumda 60 tonna hosil olish reja qilingan bo‘lib, 22-may holatiga ko‘ra jami 60 tonna pilla hosili topshirdik. Yana 10 tonna qo‘shimcha qilishni rejani ortig‘i bilan bajarishni mo‘ljal qilyapmiz”, — deydi tuman hokimi G‘ayrat Begaliyev.

Foto: Mirishkor tuman hokimligi

Qashqadaryo hokimi tumanda birinchilardan bo‘lib davlatga pilla topshirish rejasini bajargan hudud rahbarlari — Umidullo Sharopov, Bunyod Ahmedov, Shuhrat Kenjayevlar mehnatini alohida e’tirof etgan.