O‘zbekistonda 2020-yil 24-may soat 23:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 14 kishiga oshdi va 3164 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilgan.

Foto: “Daryo”

Xabarga ko‘ra yangi kasallanish holatlarining 8 tasi Samarqand viloyatida, 2 tasi Toshkent viloyatida, 4 tasi esa karantin markazida (Qozon–Toshkent yo‘nalishidagi charter reys bilan kelgan va karantinga olingan) aniqlangan.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan 2565 nafar fuqaro kasallikdan sog‘aygan, 586 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda, 13 nafar bemor esa koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan.

Avval 24-may soat 16:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18 kishiga oshib, 3150 nafarga yetgani xabar qilingandi.