Salomatligimiz o‘z qo‘limizda, buni har doim yodda tutish kerak. Ayniqsa quyidagi odatlar sizga tanish bo‘lsa, bu haqda ko‘proq o‘ylash vaqti keldi, deb yozadi Cosmopolitan nashri.

Foto: Getty Images

Ko‘p o‘tirishni taqozo etadigan hayot tarzi

Sutkalar davomida o‘tirish —  bu organizm uchun qilish mumkin bo‘lgan eng yomon narsalardan biri. Kanadalik olimlar ko‘p o‘tirishni taqozo etadigan hayot tarzi ichak, ko‘krak va o‘pka saratoni kelib chiqishi xavfini oshiradi.

Shuning uchun ko‘proq harakat qilishga urining! Uyda ishlayotgan bo‘lsangiz, piyoda sayr qilishga ham vaqt ajrating! Yoga va jismoniy mashqlar eng a’lo yechim.

Juda ko‘p go‘sht va pishloq yeyish

Tadqiqotchilarning ogohlantirishicha, hayvonlar oqsili saratonni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan maxsus gormonga ega.

Go‘shtli taomlardan yoki pishloqdan butunlay voz kechish shart emas, biroq me’yorni unutmaslik kerak. Go‘sht oqsilini sabzavotlarga almashtiring. Ratsioningizga yong‘oqlar va dukkakli mahsulotlarni qo‘shing.

Ovqat tayyorlashda gaz plitasidan foydalanish

Foto: Pixabay

Gaz yordamida ovqat pishiradiganlar har kuni azot, uglerod va formaldegidning qo‘shimcha dozasini qabul qiladi.

Bu moddalar har kuni sigaret chekish orqali kashandalar organizmiga tushadi. Muammoni qanday hal qilish kerak? Shunchaki, sifatli gaz tortish moslamasini xarid qiling.

Tana rangini sun’iy ravishda qoraytirishga ruju qo‘yish

Hozirda tana rangini sun’iy tarzda qoraytirish ommalashgan. Agar salomatligingiz haqida qayg‘ursangiz, teringizni quyoshning zararli nurlaridan himoya qiling va solyariyga borishdan tiyiling. Quyoshli kunlarda yuzga tarkibida SPF mavjud bo‘lgan krem surishni kanda qilmang!

Kam uxlash

Agar siz chekmasangiz, faol hayot tarzini olib borsangiz, to‘g‘ri ovqatlansangiz-u, lekin bir kunda 8 soatdan kam uxlasangiz, u holda salomatligingizda muammolar bo‘lmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Tartibsiz, buzilgan uyqu ritmi saratonga chalinish xavfini keltirib chiqaradi. Shuning uchun imkon qadar har kuni to‘yib uxlashga harakat qiling!