Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida traktor ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi vafot etdi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Foto: YHXBB

Hodisa 22-may kuni soat 19:20 larda “Chinor” mahallasi hududidagi adirlikda, transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallanmagan joyda yuz bergan. 1971-yilda tug‘ilgan E.X. (erkak) “TTZ-28” rusumli tirkamali traktorni pastlik tomon boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, jarlikka ag‘darilgan.

Foto: YHXBB

Oqibatda haydovchi E.X. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Foto: YHXBB

Mazkur hodisa yuzasidan Uzun tumani IIO FMB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: YHXBB

May oyida traktorlar ishtirokidagi odam o‘limi bilan yakunlangan boshqa yo‘l-transport hodisalari ham sodir bo‘lgandi. Jumladan, 3-may kuni Surxondaryoning Qumqo‘rg‘on tumanida Captiva bilan to‘qnashishi oqibatida traktor yo‘lovchisi bo‘lgan 13 yoshli bola, 12-may kuni Buxoroning Romitan tumanida traktor tirkamasi ag‘darilib ketishi oqibatida 33, 34 va 38 yoshli ayollar, 17-may kuni Farg‘onaning Qo‘shtepa tumanida traktor tirkamasi bosib olishi oqibatida 3 yoshli bola vafot etgandi.