Ramazon hayiti munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ularda Prezidentga sog‘lik va muvaffaqiyatlar, mamlakat xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilab, ezgu istaklar izhor etilgan.

Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

  • Qozog‘istonning birinchi prezidenti Elboshi Nursulton Nazarboyev;
  • Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev;
  • Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov;
  • Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon;
  • Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov;
  • Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev;
  • Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on;
  • Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani;
  • Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid al-Nahayon;
  • Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid al-Maqtum;
  • Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi Shayx Muhammad bin Zoid al-Nahayon;
  • Kuvayt amiri Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
  • Ummon sultoni Haysam bin Toriq al-Said;
  • Iordaniya podshohi Abdulla II;
  • Yaman prezidenti Mansur Hodiy;
  • Falastin prezidenti Mahmud Abbos;
  • Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibi Bag‘dat Amreyev.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.