San’atkorlar karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 26-may kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi.

Lola musulmon ahlini Hayit ayyomi bilan tabrikladi.

Amir Xon va Kajol bosh rollarni ijro etgan “Jonim fido” filmi suratga olinganiga 14 yil to‘ldi. Kajol shu munosabat bilan sahifasiga filmni suratga olishga tayyorgarlik jarayoni aks etgan suratni joyladi.

Alisher Uzoqov arxiv surat bilan bo‘lishdi hamda “Arsenal” futbol jamoasida to‘p surish nasib etmaganini ma’lum qildi.

Aktrisa Zarina Nizomiddinova Moskvada yashayotganini bildirdi. Uning akkaunti bosh sahifasida “Living in Moscow” (Moskvada yashaydi) yozuvi paydo bo‘ldi. Aktrisa so‘nggi paytlarda joylayotgan suratlarida hamda turgan joyini Moskva deb ko‘rsatmoqda.

Manzura folloverlariga kakaoli keks pishirishni o‘rgatdi.

Jahongir Poziljonov “Zerda” qo‘shig‘iga chellenj e’lon qildi.

Aktrisa Luiza Rasulova yangi suratlar bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.

Dilso‘z turk tilida kuylangan qo‘shig‘ini taqdim etdi.

Nilufar Usmonova muxlislari uchun yangilik hozirlayotganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston tog‘larida sayr qilayotgan Shahlo Ahmedova.

Rossiyalik xonanda Alsu barcha bitiruvchilarga “So‘nggi qo‘ng‘iroq” qo‘shig‘ini kuylab berdi.

O‘zbekistonlik bir guruh san’atkorlar bitiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun ajoyib videorolik tayyorladi.

Shahzoda qiyinchiliklar bir kuni ortda qolib, ularning qanday yengib o‘tilgani xotiraga aylanishini haqida mulohaza yuritdi.