Xitoydagi Sinxua yangiliklar agentligida sun’iy intellektga ega virtual boshlovchi faoliyat yuritmoqda, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Foto: “Thenextweb.com”

Aqlli bot tomoshabinlarga manzur bo‘ldi, endilikda u telekanallardan birida yangiliklar dasturini olib bormoqda.

Bundan avval Xitoy telekanallaridan birida Sogou kompaniyasi mutaxassislari tomonidan ishlangan sun’iy intellektga ega yangi bot — Sin Syaovey paydo bo‘lgan edi.

Virtual Sin Syaovey bu agentlikdagi yangiliklar boshlovchisi Chjao Vanveyning nusxasi hisoblanadi.

Bot eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha ishlangan hamda o‘ta haqiqiydek ko‘rinadi. U o‘z prototipiga faqat tashqi ko‘rinishi bilan emas, balki ovozi bilan ham o‘xshash.

Virtual jurnalist kunning muhim yangiliklari haqida so‘zlab beradi.

Sogou muhandislarining ma’lum qilishicha, yaqinda sun’iy intellektga ega botlar voqea joyidan reportaj tayyorlaydigan jurnalistlar o‘rnini ham egallashi mumkin.