AQShda Evans Street Car Wash avtomobil yuvish shoxobchasi xodimi 1,2 ming dollar topib oldi va uni egasiga qaytardi.

Foto: “Witn.com”

Avtomobil yuvuvchi Antonio Ernandes ish paytida chiqindi tashlaydigan idishdan chek topib oldi. Uning egasi Charlz Tompson AQSh soliq xizmati pandemiya munosabati bilan unga pul berganidan bexabar edi. Shuning uchun chekni avtomobil yuvish shoxobchasidagi chiqindi idishiga tashlab yuborgan.

Ernandes va uning qizi Mishel Alvarado Tompsonning telefon raqamini topdi hamda unga chekni qaytarib berdi

“Chek olaman deb o‘ylamagandim, chunki o‘tgan yili ko‘chib ketganim sababli ma’lumotlar bazasida mening eski manzilim turgan edi”, — deydi Tompson.

Tompson unga pul juda kerak bo‘layotganini aytgan. U xonadon ijarasini to‘lash uchun erta-yu kech qurilishda ishlayotgan edi. “Bu pullar qayta oyoqqa turishimga yordam berdi. Boshqa veteranlar kabi men ham qiyin vaziyatda qolgan edim”, — deydi Tompson.

Ernandes va Alvarado Tompsonga yordam berganidan xursandligini aytgan. “Uning uchun bu chek juda muhim edi. Hozirgi vaziyatni hisobga olgan holda ham biz chekni qaytarib berdik”, — deydi Alvarado.