Misr telekanalida intervyu olayotgan teleboshlovchi qizni maymun studiyadan haydab chiqardi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: YouTube

Teleboshlovchi Lobna Asal hamkasbi Xussam Xaddad bilan misrlik aktyor Ibrohim as-Sammondan inytervyu qilayotgan edi. Aktyor studiyaga o‘zi bilan kinofilmda suratga tushgan maymunni olib kelgandi.

Teleboshlovchi maymunni bog‘ichidan ushlab, u bilan o‘ynay boshladi. Birozdan so‘ng maymun unga tashlandi. Asal maymundan yostiq bilan yashirinishga harakat qildi, oxir-oqibat studiyadan qochib ketishga majbur bo‘ldi.

Xabarda aytilishicha, maymunga ham, teleboshlovchiga ham hech qanday zarar yetmagan.