Qozog‘istonning Olmaota shahri yaqinida bir necha qor qoplonini ko‘rishdi. Jonivorlar odatda sayyohlar xayking bilan shug‘ullanadigan Katta Olmaota ko‘liga yaqin hududda aylanib yurgan. Hozirda bu maskan karantin tufayli yopilgan, deb yozadi Esquire.

Foto: Getty Images

Qozog‘istonda 150 ta qor qoploni qolgan. Ular qirilib ketayotgan jonivor sifatida Qizil kitobga kiritilgan. Ularni yovvoyi tabiatda uchratish ham amri mahol, shahar chekkasida uchratish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas.

Katta Olmaota ko‘li hududiga o‘rnatilgan kameralar erkak qor qoploni hamda ona-bola jonivorlarni qayd etgan.

Zoolog Aleksey Grachevning so‘zlariga ko‘ra, Olmaota yaqinida 20 ga yaqin qor qoploni qolgan. Ushbu jonivorlar yuqori tog‘ cho‘qqilarida yashaydi, deb o‘ylashadi. Zoologning fikricha, qor qoplonlari odamlarga biz o‘ylaganimizdan ham yaqinroqda yashaydi.

“Qor qoplonlari insonlarga yaqin yashashga moslashgan jonivorlarning noyob turi hisoblanadi. Ular har kuni shahar hayotini kuzatishi mumkin”, — deydi Grachev.