YouTube’dagi “PrivetTachka” kanali mualliflari omborda yotgan 1989-yilgi E34 kuzovidagi BMW’ni sotib olib, qayta ta’mirladi.

Foto: Motor

Mazkur avtomobilning old tarafdagi yo‘lovchi o‘rindig‘idan boshqa barcha o‘rindiqlari yo‘q bo‘lgan; qurilmalar panelini esa blogerlar bir tortishda sug‘urib olgan; spidometr ko‘rsatkichi harakatsiz bo‘lgan. Shunga qaramay, avtomobilning elektronikasi va dvigateli ishlayvergan. Mashinaga 188 ot kuchiga ega va 8,5 soniyada 100 km/soat tezlikka erishish imkonini beradigan 3,0 litrli V6 benzin dvigateli o‘rnatilgan.

Foto: Motor

Blogerlar modelni qayta tiklash uchun yapon kimoshdi savdosidan AC Schnitzer g‘ildirak diskalarini, eshik, BMW 7-seriyaga tegishli to‘liq charm salon va yangi optikalarni sotib olgan. Uzoq davom etgan mehnatdan so‘ng avtomobil o‘zining avvalgi holiga qaytgan. Loyiha mualliflari ushbu mashinaga yana ozgina ishlov berib, uni bir rubl evaziga sotib yuborishni rejalashtirmoqda.

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor

E34 kuzovidagi BMW 5-seriya 1988-yildan 1996-yilga qadar ishlab chiqarilgan bo‘lib, nemis konsernining afsonaviy modellaridan hisoblanadi. Bu turdagi modeldan 1,3 million nusxa ishlab chiqarilgan.