Toshkent shahrida 27-may kuni “VAZ-2107” (“Jiguli”) avtomobili yonib ketdi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Foto: YHXBB

Hodisa soat 11:45 larda “Jiguli” avtomobili Olmazor tumani Qorasaroy–Nurafshon ko‘chasi bo‘ylab, THAY ko‘chasi tomon harakatlanayotganida yuz bergan. 1988-yilda tug‘ilgan A.G‘. boshqaruvidagi mashina 2-sonli tug‘ruqxona qarshisiga yetgan vaqtida avtomobilning dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelganligi sababli haydovchi yo‘l chetida to‘xtagan.

Haydovchi va avtomobil salonidagi yo‘lovchi zudlik bilan transport vositasidan tushib, xavfsiz hududga o‘tgan. Yong‘in bartaraf etilgan.

Foto: YHXBB

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur yong‘in yuzasidan FVB Olmazor tumani bo‘limi va Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 20-aprel kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Damas, 30-aprel kuni Qamchiq dovonida Volvo yuk mashinasi, 19-may kuni Andijon viloyatining Shahrixon tumanida “Gazel” va Lacetti mashinalari yonib ketgandi.