UFC prezidenti Deyna Uayt ikki vazn toifasi sobiq chempioni Konor Makgregor yaqin orada sovrin uchun jang qilmasligini ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Irlandiyalik yakkakurashchi so‘nggi jangini yarim o‘rta vazn toifasida o‘tkazgan va unda Donald Serroneni 40 soniya ichida nokautga uchratgandi. Mazkur toifa chempioni Kamaru Usmon hisoblanadi.

“Usmonning keyingi raqibi quyidagi uch nafar jangchidan biri bo‘ladi: Kolbi Kovington, Xorxe Masvidal, Leon Edvards. Shu uchchovidan biri, ammo Konor emas”, — deydi Uayt.

31 yoshli Makgregor MMA’da 2008-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. U jami 26 ta jang o‘tkazib, ularning 22 tasida g‘alaba qozongan (19 tasi muddatidan avval) va 4 marta mag‘lub bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Konor yengil va o‘rta yengil vazn toifalari sobiq chempioni hisoblanadi.