“Breshiya” futbol klubi prezidenti Massimo Chellino hujumchi Mario Balotelli jamoani tark etishini tasdiqladi.

Foto: Twitter

Avvalroq 29 yoshli futbolchi klub rahbariyati bilan toritishib qolgani va mashg‘ulotlardan chetlatilgani xabar qilingandi.

“Balotelli bilan bog‘liq ish biroz bo‘rtirildi, chunki futbol yo‘q va bunday vaqt biror nima deyishga hojat yo‘q. U g‘alati yigit, u endi biz haqimizda o‘ylamayapti. Bu o‘yinchi shunchaki bebosh.

Biz Balotellini shunchaki e’tibor tortish uchun olib kelmagandik, u maydonda muhim o‘rin tutishiga ishongandik. Men shunday o‘ylagandim, chunki Mario menga yoqadi. Endi undan ko‘nglimiz qoldi”, — deydi funksioner.

Balotelli 2019-yilning yozida erkin agent maqomida “Breshiya” safiga kelib qo‘shilgandi. Joriy mavsum klub miqyosida 19 o‘yin o‘tkazgan futbolchi 5 ta gol muallifiga aylandi. Transfermarkt portali uni 5,5 million yevroga baholagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!