Boliviyaning Chayyanta provinsiyasida yashovchi uch aka-uka “O‘rgimchak odam” filmini tomosha qilgach, superqahramon bo‘lishga qaror qildi, deb yozadi Daily Star.

Foto: Twitter

Buning uchun bolalar zaharli o‘rgimchakka (qora beva) o‘zlarini chaqtirgan.

12, 10 va 8 yoshli bolalar xavfli hasharot chaqqanidan keyin xuddi kino qahramonidek qobiliyatlarga ega bo‘lishga ishongan.

O‘rgimchak chaqqanidan keyin bolalar o‘zlarini yomon his etgan. Ularda kuchli og‘riq, yurak urushining tezlashishi va oshqozon og‘rig‘i kuzatilgan. Bolalarning onasi ularni darhol kasalxonaga olib borgan. Ularga dori berilganida ham ahvoli yaxshilanmagan.

Keyin bolalar boshqa kasalxonaga yuborilgan, biroq u yerda ham kutilgan natija kuzatilmagan.

La-Pas shahridagi tibbiy muassasada bolalarga maxsus dori berilgan hamda ularning ahvoli yaxshilangan. Bolalar kasalxonada besh kun qolib ketgan.

Bo‘lib o‘tgan voqea haqida mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Virjilio Pyetro matbuot anjumanida so‘zlab bergan. U ota-onalardan bolalariga bee’tibor bo‘lmaslikni so‘radi.

Ma’lumot uchun qora bevaning zahri ilon zahridan 15 marta kuchliroq hisoblanadi. O‘rgimchaklar, asosan, ularga hujum qilinganida chaqadi.