Angliyalik millioner qishloq aholisini bepul ovqat bilan ta’minladi, endi esa ularga vazn tashlashi uchun to‘laydi, deb yozadi The Telegraph.

Foto: The Telegraph

Ushbu holat Angliyaning Oksfordshir grafligidagi Denchuort qishlog‘ida kuzatilmoqda.

Har juma kuni ismini sir saqlagan angliyalik qishloqning 170 kishilik aholisiga qovurilgan baliq va kartoshka fri tarqatgan.

Ovqatni u mahalliy restoran xodimlari orqali tarqatgan, shu tarzda ovqatlanish shoxobchasini ham bankrotlikdan saqlab qolgan.

Bu holat uch oy davom etgan karantinning har jumasida takrorlandi. Endi badavlat noma’lum shaxs ikki oy ichida hozirgi tana vaznining 10 foizini tashlagan qishloqliklarning har biri uchun 100 funt sterling taklif qilmoqda.

Buning uchun odamlardan taroziga chiqib, vazn ko‘rsatkichini rasmga olib, restoran egasiga yuborish hamda ikki oydan so‘ng ozganini ko‘rsatuvchi natijani suratga olib jo‘natish taklif etilmoqda.

Qayd etilishicha, noma’lum saxiy inson haqiqatan ham badavlat hamda uning o‘zi ham shu qishloqda yashaydi.