AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyum 29-may, juma kuni Sardoba suv ombori o‘pirilishi sababli “Sog‘lom avlod uchun” nodavlat xayriya jamg‘armasiga zarur vositalarni topshirdi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.

Foto: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi

Xabar berilishicha, insonparvarlik yordami tabiiy ofatdan jabrlangan 2000 ta oilaga yetkaziladi. AQSh hukumati Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali taqdim etgan insonparvarlik yordami oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa zarur narsalardan (gigiyena vositalari, ko‘rpa-to‘shaklar, choyshablar, suv tozalash uchun tabletkalar va boshqalar) tashkil topgan.

Foto: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi

Foto: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi

Foto: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi

Jamg‘arma ushbu insonparvarlik yordamini suv toshqini bo‘lgan hududlarga yetkazib beradi hamda uni Sirdaryo viloyatidagi hududiy filiali orqali tarqatadi. Sirdaryo viloyati hokimligi bilan hamkorlikda “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi tomonidan yordamga muhtojlar aniqlanadi va o‘z egalariga yetkazib beriladi.

Foto: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi

Foto: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi

Foto: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi

Foto: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi

Avvalroq AQSh hukumati Xalqaro taraqqiyot agentligi USAID qoshidagi Tabiiy ofatlarda yordam ko‘rsatish boshqarmasi orqali, Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi toshqin oqibatida jabr ko‘rgan aholiga ko‘mak berish uchun 100 ming dollar ajratayotgani haqida xabar berilgandi.

Bundan tashqari, AQSh jukumati va Xalqaro taraqqiyot agentligi koronavirusga qarshi kurashda O‘zbekistonga yaqindan ko‘mak bermoqda. Xususan, agentlik O‘zbekistonga fevralmart va aprel oylarida yordam ko‘rsatdi. AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC/CAR) Markaziy Osiyo hukumatlarining COVID-19’ga qarshi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 6,8 million dollar ajratdi, buning 2,07 million dollari esa O‘zbekistonga berildi. Shuningdek, COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar doirasida AQSh hukumati USAID orqali O‘zbekistonga qo‘shimcha 3 million dollar ajratishi ma’lum qilindi. USAID pandemiya vaqtida Markaziy Osiyo mehnat muhojirlari himoyasi uchun 2 million dollar ajratadi.