Angliya Premyer Ligasi mavsumni qayta boshlash sanasini rasman e’lon qildi.

Foto: Reuters

Chempionat bahslari 17-iyundan start oladi. Barcha o‘yinlar tomoshabinlarsiz o‘tadi.

“Premyer Liga aksionerlari 2019/20-yilgi mavsumni qayta davom ettirish sanasi borasida bir qarorga keldi. Mavsum 17-iyun, chorshanba kunidan barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda qayta boshlanadi”, — deyiladi APL bayonotida.

17-iyun kuni Premyer Liga 28-turining qoldirilgan o‘yinlari bo‘lib o‘tadi: “Manchester Siti” — “Arsenal” va “Aston Villa” — “Sheffild Yunayted”. 19-iyundan yangi tur uchrashuvlari boshlanadi.

APL o‘yinlarning boshlanish vaqtini ham ma’lum qildi:

Dushanba — 00:00 (Toshkent vaqti bilan);

Seshanba — 22:00, 00:00;

Chorshanba — 22:00, 00:00;

Payshanba — 22:00, 00:00;

Juma — 00:00;

Shanba — 16:30, 19:00, 21:30, 00:00;

Yakshanba — 16:00, 18:00, 20:30, 23:00.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!