AQSh prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqlar ishi haqidagi farmonni imzolashi mumkin. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Keyli Makinani jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qilgan, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Foto: The Guardian

“Bu yaqin vaqt oralig‘ida sodir bo‘lishiga umid qilyapmiz. Biroq vaziyat o‘zgarib ketishi ham mumkin. Hujjat ishlab chiqish jarayonida, lekin biz ushbu ishni yakunlashga yaqin turibmiz”, – degan Makinani.

Avval Tramp ijtimoiy tarmoqlar konservatorlar “ovozini bo‘g‘ishda” davom etsa, ularning faoliyati nazoratga olinishi yoki butunlay “yopilishi” haqida ogohlantirgandi. AQSh prezidentining tanqidiga Twitter e’lon qilgan tizim sabab bo‘lgan va ijtimoiy tarmoqda u qoldirgan xabarlardan biri yolg‘on deb topilgan, xabar yuqorisida foydalanuvchilarni pochta orqali ovoz berish haqidagi faktlarni o‘rganish taklif qilingan.

Ushbu imzo havolasi Twitter’ning maxsus sahifasiga manzillashtirilgan, u yerda Politico nashrining “Tramp pochta orqali ovoz berish natijalarning qalbakilashtirilishiga olib kelishi haqida asoslanmagan bayonot qildi” nomli maqolasiga kirish mumkin. Ushbu xabar ostida Twitter’ning uch qatordan iborat Trampning noto‘g‘ri bayonoti haqidagi sharhlari yozilgan, quyiroqda esa ushbu mavzu bo‘yicha maqolalar keltirilgan.

Keyinchalik kompaniya Trampning posti saylovchilarga nima qilishni o‘rgatishga harakat, ya’ni byulletenni qanday olish, saylov jarayonida qatnashishiga aralashish ekani qayd etildi.

AQSh prezidenti bunga javoban Twitter’ni prezidentlik saylovlariga aralashganlik va so‘z erkinligiga bosim o‘tkazganlikda aybladi.