AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda jurnalistlar qarshisida chiqish qilib, Twitter ijtimoiy tarmog‘ini yopib yuborish niyatida ekanligini ma’lum qildi, deb xabar beradi Business Insider.

Foto: Reuters

“O‘ylashimcha, Twitter’ni yopib yubora olaman. Biroq yuridik jarayonlardan o‘tish kerak. Agarda uni qonuniy ravishda yopish imkoni bo‘lsa, men buni amalga oshirgan bo‘lardim”, — deydi Amerika prezidenti.

Tramp bu kabi izohni “onlayn senzuraning oldini olish” va ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solish to‘g‘risidagi ijro buyrug‘ini imzolaganidan so‘ng bildirgan. Hujjat kommunikatsiya sohasidagi etika to‘g‘risidagi qonunning 230-qismiga yangi traktovka (sharh) beradi. Ushbu moddaga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilar tomonidan joylashtirilgan kontent uchun javob bermaydi, biroq nomaqbul, haqoratli yoki zo‘ravonlikka chorlovchi materiallarni bloklashi yoki o‘chirib tashlashi mumkin.

Tramp ijtimoiy tarmoqlarni ularda “nazorat qilib bo‘lmas hokimiyat” paydo bo‘lganlikda ayblagan.

Qarorga ko‘ra, onlayn platformalar, tanlangan senzurani amalga oshiradi, kontent hatto xizmatlarni taqdim etish uchun ko‘rsatilgan shartlarning birortasini buzmasa ham uni nomaqbul, deb belgilaydi. Kompaniya siyosatiga e’lon qilinmagan va tushunarsiz o‘zgartirishlarni kiritadi, bu esa ma’lum nuqtayi nazarlarga ko‘ra obro‘sizlantirishga olib keladi, kontentlarni va butun boshli akkauntlarni ogohlantirishsiz hamda asossiz ravishda o‘chirib tashlaydi.

Qarorga muvofiq, regulyatorlar ijtimoiy tarmoqlarni ular o‘z platformalaridagi kontentni nazorat qilmagani uchun sudga bera oladi.

Avvalroq Tramp Twitter’ni saylov jarayonlariga aralashganlikda ayblagandi.

Eslatib o‘tamiz, 27-may kuni Tramp ommaviy ravishda ijtimoiy tarmoqlarning AQShdagi faoliyatini qattiq nazorat ostiga olishini ma’lum qilgandi. Bu kabi bayonotni prezident Twitter’da o‘zining bir necha postlarida yozilgan ma’lumot ishonchli emasligi va uni tekshirib ko‘rish lozimligini bildiruvchi maxsus belgi paydo bo‘lgach bildirgan.