Xitoy agarda AQSh Gonkongning ishlariga aralashishni davom etsa, bunga qarshi zaruriy choralarni ko‘rishga tayyor. Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Chjao Liszyanga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: AP Photo

“AQSh Gonkongning ishlariga aralashishni zudlik bilan to‘xtatishi kerak, agarda aralashishni davom ettirsa, Xitoy kerakli qarshi choralarni ko‘rishga tayyor”, — deydi diplomat.

Avvalroq AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo kongressni Gonkong “endilikda Xitoyning avtonomi emasligini” ma’lum qilgandi. Davlat departamenti tomonidan baholashga kiritilgan o‘zgartirish Gonkongga nisbatan siyosatning o‘zgarishiga olib keladi, biroq Pompeo administratsiya aynan qanday choralarni qo‘llashi mumkinligiga aniqlik kiritmagan.

Oq uy matbuot kotibi Keyli Makinani esa Donald Tramp Xitoyning Gonkong avtonomiyasini cheklash harakatlaridan norozi ekanligini va bu holatda “erkin shahar” xalqaro moliyaviy markaz maqomini saqlab qololmasligini bildirgan.

Ma’lumot uchun, Gonkong Xitoy tarkibiga 1997-yilda qaytgan. Ungacha Buyuk Britaniya tomonidan boshqarilgan. Xitoy va Gonkongning qo‘shma deklaratsiyasiga binoan, shaharga 50 yil davomida keng avtonomiya va’da qilingan. Ushbu maqom tufayli Gonkong AQSh bilan erkin aloqalar o‘rnatgan. Buyuk Britaniya Xitoyni Gonkong avtonomiyasini hurmat qilishga chaqirdi.