O‘zbekistonda 30-may soat 23:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 23 kishiga ko‘payib, 3546 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Kun davomida kasallanish holatlari soni 58 taga ko‘paydi.

Yangi kasallanish holatlarining to‘rttasi Samarqand viloyatida aholi orasida, qolgan 19 tasi esa Toshkent viloyatidagi Karantin markazida aniqlangan.

Jumladan, Sankt-Peterburg—Toshkent yo‘nalishidagi charter reys bilan kelgan 14 nafar, 26-may kuni Moskva—Toshkent yo‘nalishidagi charter reys bilan kelgan ikki nafar, shu kuni Qozog‘iston orqali kirib kelgan yana uch fuqaroda qayd etilgan.

Hozirgacha bemorlarning 2783 nafari sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan (birgina 30-mayning o‘zida 55 kishi sog‘aydi). Hozirda 749 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda. Bemorlarning 14 nafari vafot etgan.