Bortida ikki astronavt — Duglas Xyorli v Robert Benken bo‘lgan Crew Dragon kemasi Xalqaro kosmik stansiya (XKS)ga avtomatik ravishda muvaffaqiyatli tutashdi. Jarayon SpaceX kompaniyasining YouTube’dagi kanalida jonli efirda namoyish etildi.

Crew Dragon — Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi uchun ilk boshqariladigan missiyadir. Bu, shuningdek, AQSh uchun 2011-yildan beri mamlakatning o‘z kosmik kemasida amalga oshirilgan dastlabki boshqariladigan parvozdir.

Astronavtlar XKSda qancha qolishi hozircha noma’lum. Dragon kemasi orbitada to‘rt oydan ortiq qolishi mumkin emas.