O‘zbekistonning Benilyuks davlatlaridagi elchixonasi tomonidan Instagram’da o‘ziga xos chellenj uyushtirildi.

Ushbu chellenjda butun dunyodagi sozandalar hamda xonandalar Sevara Nazarxonning “Ulug‘imsan Vatanim” qo‘shig‘ini ijro etadi.

“Bu qo‘shiq orqali biz barchaga sevgi va umid yo‘llaymiz. Biz bir-birimizdan uzoqdamiz, biroq birgamiz”, — deyiladi chellenj tavsifida.

Chellenjni o‘zbek—koreys milliy madaniyat markazi faollari ham davom ettirdi.