Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 3 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 7 nafar, Samarqand viloyatida 11 nafar hamda Andijon viloyatida 1 nafar, jami 22 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari (50 va 47 yoshli ayollar) Toshkent viloyati, 1 nafari esa (28 yoshli erkak) Surxondaryo viloyatidan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari erkak, 5 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 55 yoshda, yoshi kichigi 11 yoshda. Hududlar kesimida olinsa, 4 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Toshkent viloyatidan, 1 nafar esa Namangan viloyatidan.

Shunday qilib, Toshkent shahrida jami sog‘ayganlar 1120 nafarga yetdi.

Samarqand viloyatidan sog‘ayganlarnig barchasi ushbu viloyatdan bo‘lib, 6 nafari erkak, 5 nafari ayol. Ularning yoshi kattasi 71 yoshda, yoshi kichigi 18 yoshda.

Andijon viloyatida tuzalgan bemor (22 yoshli ayol) Andijon shahridan bo‘lib, endilikda viloyatda sog‘ayganlar soni 175 nafarga yetdi.

O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2 837 nafarga yetgani xabar berilgan edi. Endi esa ular soni 2 859 nafarga yetdi.

Kasallanganlarning umumiy soni esa, 1-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra 3 673 nafarni tashkil qilmoqda, bemorlarning 14 nafari koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan.