Aktrisa Zarina Nizomiddinova ikkinchi marta onalik baxtiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda u o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Assalomu alaykum, sahifamning men uchun qadrli bo‘lgan a’zolari! Kecha o‘zim to‘g‘rimda, Rossiya kinematografini zabt etish uchun sevimli vatanim — O‘zbekistonni tark etdi, degan xabar eshitdim. Albatta, kasbimizdagi yangi marralar va yutuqlarni niyat qilamiz, yaxshi niyat — yarim mol, lekin ayni vaqtda men bundan-da, muhimroq loyiha ustida ishlayapman. Men ikkinchi bor ona bo‘ldim va ushbu kasbni yana boshidan o‘zlashtiryapman. Yaqin kunlarda bor iste’dodim va mahoratimni kichkintoy pahlavonimni parvarishi uchun bag‘ishlayman. Axir, eng mas’uliyatli va murakkab kasb — onalik kasbi, deb bekorga aytishmagan! Olloh barcha onalarni o‘z panohida asrasin!”, — deb yozadi aktrisa. 

View this post on Instagram

Assalomu alaykum, sahifamning men uchun qadrli bo'lgan a'zolari! Kecha o'zim to'g'rimda, Rossiya kinomatografini zabt etish uchun sevimli vatanim - O'zbekistonni tark etdi, degan xabar eshitdim. Albatta, kasbimizdagi yangi marralar va yutuqlarni niyat qilamiz, yaxshi niyat - yarim mol, lekin ayni vaqtda men bundan-da muhimroq loyiha ustida ishlayapman. Men ikkinchi bor ona bo'ldim va ushbu kasbni yana boshidan o'zlashtiryapman. Yaqin kunlarda bor iste'dodim va mahoratimni kichkintoy pahlavonimni parvarishi uchun bag'ishlayman🤱🏻Axir, eng mas'uliyatli va murakkab kasb - onalik kasbi, deb bekorga aytishmagan! Olloh barcha onalarni o'z panohida asrasin! Ассалом алейкум, мои дорогие подписчики! Вчера я услышала о себе новость, что я покинула Узбекистан - мою любимую родину, чтобы покорять российский кинематограф. Мы все мечтаем о новых высотах и успехов в своей профессии, как говорят: « Яхши ният - ярим мол», но на данный момент я работаю над другим, более важным проектом. Я стала вторично мамой и осваиваю заново эту профессию. На ближайшее время весь свой талант и умение буду вкладывать в заботу о своем малыше🤱🏻 Не зря говорили, что самая тяжелая и ответственная профессия- это профессия быть мамой! Храни Аллах всех матерей! #дваждымама

A post shared by ZarinaNizomutdinova (@zarinanizomutdinova) on

Ma’lumot uchun, Zarina Nizomiddinovaning birinchi turmushidan Temurxon ismli o‘g‘li bor.

Foto: Instagram / @zarinanizomutdinova

Zarina Nizomiddinova 1989-yilning 29-martida Toshkent shahrida san’atkor Shahboz Nizomiddinov xonadonida tavallud topgan. U karyerasini 2005-yilda suratga olingan “Ayol makri” filmidagi ishtiroki bilan boshlagan.

Aktrisa juda yosh oila qurgan. U intervyularidan birida birinchi turmush o‘rtog‘i uning “Romeo va Julyetta” filmidagi obrazini ko‘rib, sevib qolgani hamda turmushga chiqishni taklif qilganini aytgandi. Zarina ilk bor 19 yoshida ona bo‘lgan.

Aktrisa 2014-yilda ikkinchi marta turmush qurgan. Uning bu turmushi 2015-yilgacha davom etgan.

Zarina Nizomiddinova 2016-yilda bergan intervyusida yana turmush qurish niyati borligini aytib o‘tgandi. Keyinroq yana bir suhbatda aktrisa erta turmush qurganidan afsuslanishini bildirgan.

Aktrisa bir muddat tadbirkorlik faoliyati bilan ham shug‘ullangan. U kiyimlar do‘konini ochib, birozdan so‘ng do‘koni yopilganini aytgan.