NASA mutaxassislari 163348 raqamli (2002 NN4) potensial xavfli asteroid yaqinlashayotganini ma’lum qildi. Asteroidga oid ma’lumotlar kosmik agentlik bo‘linmalaridan birining saytiga joylashtirilgan.

Foto: NTV

“Shu kunlarda diametri 250 dan 570 metrgacha bo‘lgan osmon jismi sayyoraga yaqinlashadi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, asteroid Yerga to‘g‘ridan to‘g‘ri xavf tug‘dirmaydi, chunki u sayyoradan Oy orbitasigacha bo‘lgan masofadan 13 barobar uzoqlikdan uchib o‘tadi.

Shunga qaramay, u potensial xavfli hisoblanadi. Bunga asteroid trayektoriyasining Yerniki bilan kesishgani sabab qilib keltirilgan.

Mazkur asteroid 2002-yilda ochilgan. U Yer hisobi bo‘yicha, taxminan, 300 sutkada Quyosh atrofini bir marotaba aylanib chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning dekbarida ham Yerga eng xavfli koinot obyektlari ro‘yxatidan o‘rin olgan ulkan asteroid yaqinlashgan edi.