O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 30 nafarga ko‘paydi va 2020-yil 4-iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra 3939 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

Yangi kasallanganlarning 28 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 1 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, yana 1 nafari esa Toshkent viloyatida Rossiyadan chegara posti orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlangan.

Avval O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 2020-yil 4-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, 35 kishiga ko‘payib, 3909 nafarni (78 foiz) tashkil etgani xabar qilingandi.

4-iyun kuni Qoraqalpog‘istonda 4 kishi, Toshkentda 64 kishi va Samarqandda 5 kishi koronavirusdan sog‘ayib chiqqan. Sutka davomida jami 73 nafar bemor kasallikdan tuzalib, O‘zbekiston bo‘ylab koronavirusdan sog‘ayganlar soni 3 087 nafarga yetgan.

15-martda O‘zbekistonda COVID-19 koronavirusi epidemiyasi boshlanganidan beri infeksiyaga chalingan bemorlarning 16 nafari kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.